Bugun, 29 aprel kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy taşrifi bölib ötadi.

Prezident matbuot xizmati xabariga köra, taşrif dasturida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan ikki tomonlama uçraşuv ötkazilişi közda tutilgan.

Muzokaralar kun tartibidan Özbekiston va Turkmaniston örtasidagi döstlik, yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş, köp qirrali hamkorlik va mintaqaviy şeriklikni kengaytiriş masalalari örin olgan.

Davlat rahbarlari Turkmaniston yetakçisining otasi Malikguli Berdimuhamedov xotirasiga bağişlangan tadbirlarda iştirok etadi.