«Biz otamiz va bobomiz saratonga qarşi mardonavor kuraşdan keyin bugun vafot etganini qayğu bilan ma'lum qilamiz», deb yozgan astronavtning oilasi tvitterda.
Kollinzning vafoti munosabati bilan NASA koinot agentligi öz hamdardligini bildirgan. «Millat astronavt Maykl Kollinz şaxsida haqiqiy kaşşof va tadqiqotlarning umrbod himoyaçisini yöqotdi. «Apollon-11» qömondonlik punkti uçuvçisi sifatida köpçilik uni «tarixdagi eng yolğiz odam» deb atardi: uning hamkasblari insoniyat tarixida birinçi bölib Oy sirtiga qadam qöyişgan bir paytda, u mamlakatimizga hal qiluvçi sarhadga erişişda yordam bergan», deb aytilgan agentlik bayonotida.
Maykl Kollinz Oyga ilk odamlarni yetkazgan maşhur «Apollon-11» kemasining qömondonlik moduli uçuvçisi bölgan. 1969 yil 21 iyulda kema ekipajining qolgan a'zolari – astronavtlar Nil Armstrong va Bazz Oldrin insoniyat tarixida birinçi bölib Oyga qadam bosgan. Kollinzning özi esa Oyda böliş baxtiga muyassar bölmagan: u Oy yaqinidagi orbitada qömondonlik modulida qolib, u yerdan hamkasblariga kömak körsatgan.

















