«Suhbat avvalida davlat rahbarlari bölajak muhim sanalar munosabati bilan bir-birini samimiy tabriklab, ezgu tilaklar bildirdilar. Joriy yilda XXRda Xitoy Kommunistik partiyasi taşkil topganining 100 yilligi, mamlakatimizda esa Özbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi keng nişonlamoqda. Yetakçilar döst xalqlarimizga tinçlik, farovonlik va ravnaq tiladilar», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Muloqotda ikki tomonlama va xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilingan.

«Keyingi yillarda Özbekiston-Xitoy döstlik va har tomonlama strategik şeriklik munosabatlarida yuksak darajaga erişilgani, mamlakatlarimiz örtasidagi köp qirrali hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

XXR raisi Özbekistonda aholi turmuş darajasi va sifatini yuksaltirişga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va yangilanişlarni yuqori baholadi va ularni qöllab-quvvatlaşini bildirdi. Kambağallikka qarşi kuraşiş böyiça Xitoyda töplangan katta tajribani çuqur örganiş masalasida yaqindan hamkorlikni davom ettirişga kelişib olindi.

Davlatimiz rahbari koronavirus pandemiyasiga qarşi kuraşda körsatilgan amaliy yordam uçun XXR yetakçisiga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Özbekiston va Xitoyning vakolatli idora va taşkilotlari soğliqni saqlaş sohasidagi özaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlab, aholini ommaviy emlaş böyiça birgalikdagi samarali işlarni kengaytiradilar», deyiladi xabarda.

Özbekiston prezidenti «Yagona Xitoy» siyosatini hamda «uç yovuz kuç» – terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarşi kuraşiş borasidagi sa'y-harakatlarni doimo qöllab-quvvatlaşini yana bir bor ta'kidlagan.

«Bir makon, bir yöl» taşabbusi doirasidagi samarali muloqot, şu jumladan mintaqada muhim infratuzilmaviy loyihalarni, ular qatorida «XXR – Qirğiziston - Xitoy» avtomobil va temir yöllarini quriş loyihasini ilgari suriş işlari davom etayotgani qayd etildi. Özbekistonning Markaziy va Janubiy Osiyo özaro boğliqligini mustahkamlaş böyiça taklifi qöllab-quvvatlandi.

Yetakçilar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy hamkorlikni kengaytiriş masalalariga alohida töxtaldilar.

Murakkab şaroitlarga qaramasdan, pandemiyaning salbiy oqibatlarini kamaytiriş va joriy yil boşidan özaro savdoning 33 foizga ösişini ta'minlaşga erişilgani ta'kidlandi. Muhim qöşma dastur va loyihalarni amalga oşiriş davom etmoqda. Mamlakatlarimiz yaqin yillarda tovar ayirboşlaş hajmini 10 milliard dollarga yetkaziş, şuningdek, eksport va import körsatkiçlarining mutanosibligini ta'minlaş sari muvaffaqiyatli harakat qilmoqdalar. Özbekiston Şanxay şahrida ötadigan navbatdagi Import mahsulotlari Xitoy xalqaro körgazmasida faol iştirok etadi.