Qaşqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev koronavirus yuqtirib oldi. Bu haqda viloyat hokimi matbuot kotibi Ahror Sodiqov xabar bergan.
«Hammangizning xabaringiz bor, koronavirus balosi köpçiligimizni çetlab ötmadi. Virusdan davolanayotgan viloyat rahbarimizning ham salomatliklari tiklanib, tez orada iş faoliyatlariga qaytişlarini söragan bölar edim», – degan Ahror Sodiqov öz videomurojaatida.
Ma'lum bölişiça, hokimda 24 aprel kuni koronavirus aniqlangan. Ayni paytda viloyat rahbari Toşkent şahrida davolanmoqda.
Ma'lumot uçun, Qaşqadaryo viloyatida 24 aprel kuni 4ta kasallaniş holati qayd etilgan. 25 aprel kuni kasallaniş holatlari aniqlanmagan, 26-27 aprel kunlari kunlik kasallaniş körsatkiçi 6taga çiqqan.
SSV matbuot xizmati ma'lumotiga köra, 27 aprel kuni mamlakat böylab jami 378 kişida koronavirus aniqlangan va pandemiya boşidan buyon qayd etilgan holatlar soni 90 mingdan oşgan.
Eslatib ötamiz, 2020 yilda Buxoro viloyati hokimi Karim Kamalov, boş vazir örinbosari Öktam Barnoyev hamda Qoraqalpoğiston rahbari Musa Yerniyazov koronavirus tufayli vafot etgandi. Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov va Surxondaryo viloyati hokimi Töra Bobolov kasallikka çalinib, davolanib çiqqan.














