«Oldingi voqealar» ning qisqaça mazmuni

1. «Xavfni tahlil qiliş» avtomatik dasturi asosida Davlat coliq qömitasi 500 dan ortiq korxonani «obnalçi» deb e'lon qildi va quyidagilarga mutlaqo e'tibor bermadi:

  • qonunçilikda heç qanday «obnalçi» degan termin yöq;
  • «xavfni tahlil qiliş» avtomatik dasturi heç qanday tarzda uşbu «obnalçi»larni aniqlay olmaydi, uning vazifasi – soliqlarni tölaş nuqtayi nazaridan «şubhali» korxonalarni aniqlaşdir;
  • «xavfni tahlil qiliş» dasturi asosida, ta'rifga köra, heç kim heç narsada aybdor deb topilmaydi. Korxona haqiqatdan naqdlaştiruvçi operatsiyalarni amalga oşirgani tekşiruvlar orqali va sudda isbotlanişi kerak.

2. DSQning röyxatiga kirgan «şubhali» korxonalar bilan qilingan barça operatsiyalar heç qanday dalilsiz va sud qarorisiz közböyamaçilik uçun tuzilgan, deb e'lon qilindi. (Aftidan, DSQning dalillari va «sud»lari haqiqiy bolşeviklar sifatida burjua tizimining qoldiqlari hisoblanadi) Şu sababli, uşbu operatsiyalar böyiça hisobga olingan QQS hisobotlari bekor qilindi.

Endilikda 10 mingdan ziyod tadbirkorlik sub'yekti ilgari tölangan qariyb 1 trillion söm miqdoridagi QQSni tölaşi kerak. Budjetni töldirişning innovatsion usuli!

3. Şundan söng DSQ bundan-da kam bölmagan innovatsion usul – «idoraviy tekşiruvlar»ni ötkazdi. Aksariyat hollarda tekşiruv natijalari qömitaning dastlabki qarori töğriligini tasdiqladi. Tekşiriş metodologiyasi esa çuqur sir bölib qoldi. Bunday foydali innovatsiyalarni asraş kerak, aks holda boşqa mamlakatlarning soliq qömitalari öğirlaşi mumkin.

«Obnal işi»da kutilmagan buriliş – voqealarning davomi qanday keçdi?

24 aprel kuni Kun.uz Sardor Umrzoqov boşçiligidagi hukumat komissiyasi Buxoro viloyatida faoliyat yuritadigan 907ta tadbirkorlik sub'yektiga «obnal işi» yuzasidan yuklatilgan 47 milliard 133 million sömlik QQS undiruvini bekor qiliş töğrisida qaror çiqargani haqida maqola e'lon qildi.

Qarorning ijrosini ta'minlaşni nazorat qiliş Boş prokuratura zimmasiga yuklatilgan.

Bu «obnal işi»da mutlaqo yangi buriliş böldi va Buxoro viloyati uning muvaffaqiyatli yakunlanişiga ilk nişona bölmoqda.