DSQ axborotida qömita budjetga tölanişi lozim bölgan QQS summasini noqonuniy kamaytiriş natijasida hosil bölgan soliq qarzdorligini majburiy undiruvga qaratiş çoralarini körgani ta'kidlangan.
Şuningdek, unda qömita xatti-harakati Soliq kodeksiga asoslangan holda soliq organlari asossiz hisobga olingan soliq miqdorlariga özgartiriş kiritiş huquqiga egaligi ta'kidlangan.
«Soliq tölovçilardan (joriy yilning 1 mayiga qadar murojaat qilgan) qöllanilişi kerak bölgan jazo çoralari, ya'ni Soliq kodeksining 223 va 224-moddalarida nazarda tutilgan soliqlarni tölamaganlik uçun belgilangan jarima çorasi qöllanilmagan holda aslida ularning majburiyati bölgan qarzdorlik summasigina undirilgan.
Şu bilan birga, Hukumat komissiyasining topşiriqlarini bajariş maqsadida soliq idoralariga tegişli ariza bilan murojaat qilgan barça xöjalik yurituvçi sub'yektlarga (nafaqat Buxoro viloyati) soliq qarzlarini bölib-bölib, ya'ni 6 oy içida teng uluşlarda tölaş imkoniyati berilmoqda», - deyiladi qömita axborotida.
Biroq hukumat komissiyasi qarorida soliq qarzlarini bölib tölaş emas, balki DSQ viloyatdagi 907ta tadbirkorlik sub'yektlariga hisoblangan 47 milliard 133 million söm qöşilgan qiymat soliği undiruvini bekor qiliş böyiça aniq çoralar körişi nazarda tutilgan edi. Bu borada qömita axborotida heç qanday ma'lumot berilmagan. DSQ hukumat komissiyasi qarori ijrosini ta'minlamayaptimi? Komissiya qarorida qaror ijrosi yuzasidan aniq takliflar bir hafta içida hukumatga kiritilişi nazarda tutilgan edi. Komissiya yiğilişi 1 aprelda bölib ötgan, nega DSQ bu borada aniq çoralarni qariyb bir oydan beri körmayapti?
Kun.uz’ning şu savollariga DSQ izohi kutilmoqda.
Avvalroq Sardor Umrzoqov boşçiligidagi hukumat komissiyasi 1 aprel kuni Buxoroda yiğiliş ötkazgani, unda «obnal işi» böyiça viloyatdagi 907ta tadbirkorlik sub'yekti zimmasiga yuklangan 47 milliard söm QQS undiruvini bekor qiliş böyiça qaror qabul qilingani xabar qilingandi.
- Eslatib ötamiz, fevral oyida Davlat soliq qömitasi «naqdlaştiruvçi» (obnalçi) firmalar bilan kuraş boşlab, 396ta korxonani şubhali korxonalar röyxatiga kiritgan edi. Natijada ular bilan hamkorlik qilgan 10 mingga yaqin tadbirkorlik sub'yektlarining hisobga olingan QQS summasi










