Tadbirda Xalq ta'limi vaziri örinbosari Rustam Karimjonov «Raqamli kutubxona» loyihasi doirasida respublikadagi barça maktab kutubxonalari zamonaviy va kompyuter va skaner apparati bilan ta'minlanişi haqida ma'lumot berdi.

«Maktab kutubxonalarining AKT bilan jihozlanmagani bizning eng katta va oğriqli muammolarimizdan biri. Şu muammoni hal qiliş uçun biz «Raqamli kutubxona» loyihasini boşladik. Bu degani 1008ta maktabning har biriga kompyuter va QR kodini örnatiş uçun skaner apparati berişimiz kerak.

Şu orqali har bir öquvçining qaçon kitob olib ketgani, qaysi kitobni olib ketgani va qaçon olib kelgani nazorat qilinadi. Bu kutubxonaçilarimizning işini ança osonlaştiradi. Biz bu loyihani boşlaganmiz.

Köpçilik aytişi mumkin, bitta kompyuter olib kelib qöyiş oson-ku, deb. Yöq, oson emas. Masalan, bu yilgi 43 foiz talabimizni yopiş uçun bizga 75 mln. dollar mablağ kerak. Bu juda katta summa. Sömga hisoblaganda ham 750-800 mlrd. söm böladi. Lekin buning ham yöllari qidirilyapti va bu ham amalga oşiriladi», – deya vazir örinbosarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.