Keça, 29 aprel kuni AOKAda umumta'lim maktablarining AKT bilan ta'minlanganlik holati yuzasidan matbuot anjumani taşkil etildi.
Tadbirda Xalq ta'limi vaziri örinbosari Rustam Karimjonov joriy yildan maktablarning birinçi sinfiga qabul jarayonlarida aholi uçun onlayn xizmatlardan foydalaniş imkoniyati kengaytirilayogani böyiça ham ma'lumot berdi.
Unga köra, şu yildan respublikaning barça hududlari markazlarida birinçi sinfga qabul uçun onlayn navbat tizimi joriy qilinadi.
«Bu yil birinçi sinfga qabul qanday böladi, degan savol dolzarb bölib turibdi. Ötgan yili biz Toşkent şahrida birinçi sinfga qabulni onlayn navbat asosida taşkil qilgan edik. Bunda 45 mingdan ortiq öquvçi maktabga bormasdan turib, onlayn navbat bilan maktabga qabul qilindi. Pandemiya şaroitida ayniqsa, bu bizga juda qulay böldi.
Bu yildan respublikaning barça markaziy hududlarida birinçi sinfga qabul qilişda mana şu amaliyotni joriy qilmoqçimiz. Bunda ota-onalar farzandini birinçi sinfga berişi uçun maktabga borişi şart emas.
Bu bizga nima beradi? Korrupsiyaning oldi olinadi, şaffoflik böladi. Eng muhimi, hozir ota-onalar juda band. Bitta maktabni tanlaş qiyin.
Biz portal orqali barça maktablar haqida ma'lumot beramiz. Bu qöşimça imkoniyat. Maktabga boriş kerak emas, degan narsa yöq. Bu ota-onalar uçun qöşimça imkoniyat, yengillik», – vazir örinbosari sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
















