Viloyatlar kesimida maktablarning internetga ulanganlik körsatkiçlari ma'lum qilindi
|22:07 / 30.04.20216 8712 min
Keça, 29 aprel kuni AOKAda umumta'lim maktablarining AKT bilan ta'minlanganlik holati yuzasidan matbuot anjumani taşkil etildi.
Tadbirda Xalq ta'limi vaziri örinbosari Rustam Karimjonov hududlar kesimida maktablarning tezkor internetga ulanganligi körsatkiçlari haqida ma'lumot berdi.
«Masalan, Sirdaryo, Namangan va Xorazm viloyati hamda Toşkent şahridagi 100 foiz maktablar tezkor internetga ulangan. Bu borada eng past körsatkiçlar esa Jizzax va Qaşqadaryo viloyatiga töğri keladi – 72 va 76 foiz.
Bir-biriga eng olis bölgan maktablar Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumanida joylaşgan. Bu öşa hududlarga internet kabellarini olib borişni qiyinlaştiradi. Bu yerga kabel olib boriş samarali emas. Şuningdek, Navoiy va Xorazmda ham qiyin. Bu yerlarga infratuzilmani olib boriş qiyin. Albatta, bu yerlarga ham kabelsiz bölsa-da, internet olib boriş harakatini qilyapmiz.
Rustam Karimjonov
Maktabgaça infratuzilma keldi. Endi nima qilamiz? Çunki infratuzilma borgani bilan internet işlab qolmaydi. Bu xuddi mahallaga transformator olib kelingani bilan uylarda svet yonib qolmasligiga öxşaydi. Uning içki liniyalariga ham sim tortiş kerak.
Biz «Uztelecom» bilan şartnoma tuzganmiz va bu yil hududlardagi maktablarga 100 foiz içki lokal liniyalarni tortiş işlarini ham amalga oşiramiz», – Rustam Karimjonov sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.