Xiaomi kompaniyasiga tegişli Redmi brendi mobil öyinlar işqibozlari uçun Redmi K40 smartfonining yangi versiyasini taqdim etdi. Gadjetning maxsus versiyasi hongkonglik yakkakuraşlar ustasi va kinoaktyor Bryus Liga bağişlandi, deb yozadi My Drivers.
Redmi K40 Bruce Lee Special Edition sariq-qora korpusga ega bölib, uning orqa paneliga Bruce Lee – king of kung fu (Bryus Li – kung-fu qiroli) yozuvi tuşirilgan.
Smartfon qutisida Bryus Liga bağişlangan risola joylangan.
Qurilma 12 GB tezkor va 256 GB doimiy xotiraga ega. Smartfon Xitoy bozorida 2799 yuan (430 dollar) narx bilan sotuvga çiqqan.













