Prezident Şavkat Mirziyoyev 1 may kuni Toşkent viloyatining Qibray tumanida barpo etilayotgan boğ hududiga taşrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Davlat rahbari taşabbusi bilan poytaxt yaqinida ulkan manzarali boğ barpo etilmoqda. 25 fevral kuni uşbu boğ loyihasi muhokama qilingan edi. Bugun unga ilk köçatlar ekildi.

Şu munosabat bilan bu yerga parlament va hukumat a'zolari, Toşkent şahri jamoatçiligi, nuroniylar, ilm-fan va san'at vakillari, sportçilar, yoşlar yiğildi.

– Bugungi muborak Ramazon kunlarida sizlar bilan körişib turganimdan xursandman. Xalqimiz uçun munosib şaroitlar yaratiş böyiça köp işlarni boşlaganmiz. Xudo xohlasa, mana şu bahavo joyda 104 gektarlik boğ barpo etmoqçimiz. Bu xayrli işning boşlanişi hozirgi uluğ ayyom kunlariga töğri kelgani ham xosiyatli, deb öylayman, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

“Yangi boğ nafaqat manzarasi, landşafti, balki mazmuni bilan ham alohida e'tiborga molik. Boğning umumiy körinişi xuddi ulkan daraxtning beşta şoxi şaklida böladi. Bu Harakatlar strategiyasining beşta ustuvor yönalişini ifodalaydi”, deyiladi xabarda.

Boğni oddiy park emas, eng avvalo, yuksak madaniyat va ma'naviyat maskaniga aylantiriş maqsad qilingan. Bu yerda odamlar tabiat qöynida osuda dam oladigan sölim hududlar yaratiladi. Kaştan, eman, çinor, lola, lipa boğlari barpo etilib, noyob manzarali daraxtlar, butalar va gullar ekiladi. Sun'iy köl, sport maydonlari, bolalar öyingohlari, favvoralar quriladi.

Ma'lum qilinişiça, mustaqillikning 30 yilligiga bağişlangan Istiqlol majmuasi ham şu yerda barpo etiladi.

Prezident bu majmuaning tarixiy-ğoyaviy ahamiyatini ta'kidladi.