Tadbirda xalq ta'limi vaziri örinbosari Rustam Karimjonovga ayrim maktablarda internet tezligi pastligi va şu kabi muammo çiqqanda qayerga murojaat qilinişi borasida savol berildi.

«Rostdan ham şu kabi savollar bilan bizga köp murojaat qilişadi. Masalan, özim ham Nişon, Yangiyöl va Jarqörğon tumanlariga borganimda şu kabi holatga duç keldim.

Biz hozir yangi tarifga ötganmiz. Oldin maktablar «ziyonet» tarifida edi. Töğrisini aytiş kerak, bu tarifda internet tezligi umuman yaxşi bölmagan. Biz şu tufayli «education» tarifiga ötganmiz. Bu tarifda esa maktab quvvatidan kelib çiqib, 10, 40 va 100 mb/t tezlik belgilangan.

Albatta, bunday murojaatlar köpayayotgan ekan, biz buni körib çiqamiz. Qaysi maktabda muammo bölsa va bizga murojaat qilişsa, biz «uztelecom» bilan işlab, tarif tezligini oşirib berişimiz mumkin», – deya vazir örinbosari sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.