Tojikiston tojik-qirg‘iz chegarasidan harbiy texnikalarini olib ketishni boshladi. Bu haqda TASS o‘z manbasiga tayanib xabar berdi.

"Tojikiston harbiylari tojik-qirg‘iz chegarasida joylashtirilgan harbiy texnikalarni olib ketishni boshladi", - dedi manba.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu harakat Qirg‘iziston tomoni bilan kelishuv imzolanganidan so‘ng boshlangan.

Shuningdek, xabar qilinishicha, "har ikki yo‘nalishda Voruxga (Tojikiston) va Laylak tomonga (Qirg‘iziston)" transport qatnovi tiklangan.