Odatda, hovuzlarda parvariş qilinadigan baliqlar iste'mol uçun boqiladi. Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida esa bir otaxonning vasiyatiga köra, 40 yildan oşiqroq vaqtdan beri baliqlar saqlanmoqda.

Otaning nabirasi Davronbek Sultonovning aytişiça, uşbu baliq köli taxminan 1952 yillarda taşkil etilgan. 

«Bobomiz Sultonmahmud Fozilov çakalakzorni tozalab, qölda mana şu hovuzni kovlagan va öşandan beri bu yerda baliq boqiladi. Men hozir uçinçi avlod vakiliman. Bobomiz baliqlarni yemaysan, sotmaysan deb vasiyat qilib ketgan, şu vasiyatga köra, mana parvariş qilib kelyapmiz», — deydi Davronbek Sultonov.

Akaning sözlariga köra, hovuzda baliqning sazan turi parvariş qilinadi. Hozirda bu yerda 100 kilodan ortiq baliqlar bor, ularning eng kattasi 6—7 kilogaça, uzunligi esa 1 metr atrofida.