
Böstonliq tumani «Çorvoq» erkin sayyohlik zonasida joylaşgan, hozirgi kunda böş turgan yoki samarasiz foydalanilayotgan turistik obektlarga infotur taşkil etildi.
Unda tadbirkorlar va OAV vakillariga sotuvga qöyilgan obektlar haqida ma'lumot berildi.
Uşbu davlat aktivlari 2020 yil sentyabrdagi hukumat qaroriga asosan sotilişi belgilangan.
Infotur doirasida 12ta dam oliş maskani – «Ekonomist» dam oliş zonasi, «Çotqol» sanatoriysi bino va inşootlari, sobiq tayanç punkti va unga tutaş hudud, «Lingvistlar» sport-soğlomlaştiriş oromgohi, «Soylik» dam oliş zonasi, «Institut» rangli lager metallar, «Gidroenergetik» sport-soğlomlaştiriş oromgohi, Tibbiyot akademiyasining sobiq qarorgohi, «Zumrad servis» MÇJ, Ğazalkent Suvoqova bino-inşootlari va yer uçastkalari, «Geoburtexnika» DATK dam oliş maskani bilan taniştirildi.


Har xil ölçamdagi foydalanilmayotgan eski binolar, Çorvoq suv ombori böylab, toğli hududlarda, qirğoqdan unçalik uzoq bölmagan joyda joylaşgan.
Bu obektlarni mehmonxonalarga aylantirib, Çorvoqning turistik salohiyatini yaxşilaş közda tutilgan. Qayd etilişiça, hudud infratuzilmasini yaxşilaş: içimlik va oqova suv ta'minoti, yöllar holati, energotizimlar va çiqindilar bilan boğliq muammolarni hal etiş çoralari ham köriladi.

«Çorvoq» erkin turistik zonasi direktor örinbosari Otabek Bobomurodov infotur iştirokçilariga ma'lumot berdi.
«Böstonliq tumanidan auksion savdolariga 18ta obektni qöyganmiz, bular aniq şartlar asosida işlab çiqilgan. Ya'ni bu yerni sotib olgan tadbirkor öşa şart va majburiyatlarga rioya qiladi, özboşimçalik bilan boşqaça faoliyat yuritişga, masalan daça qurib oliş kabi, yöl qöyilmaydi.











