Oromgoh Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida, dengiz sathidan 959 metr balandlikda, Pskem daryosi vodiysining o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan.

Yer uchastkasining umumiy maydoni – 5,4 gektar. Bino va inshootlar jami maydoni 5016,1 kv.m.

Kompleks hududida mehmonxona, kottejlar, ochiq va yopiq basseynlar, tennis korti, sport zallari va boshqa inshootlar bor.