Iroq IIV huzuridagi axborot va qidiruv milliy agentligi xodimlari IŞID guruhiga kiruvçi otryadlardan birining rahbarini qölga oldi. Bu haqda Al Sumaria telekanali xabar berdi.

 Xabar qilinişiça, qölga olingan Abu Ali al-Jamiliy IŞID boşqaruvida Al-Faluja gubernatori deb hisoblangan. U uzoq vaqt davomida qidiruvda bölgan. Iroq maxsus xizmatining ma'lumotlariga köra, u 2005 yilda "Al-Qoida" terrorçi taşkilotiga qöşilgan va qölga olinib, 15 yilga qamalgan, ammo 2011 yilda ozodlikka çiqarilgan.

Şundan söng al-Jamiliy IŞID otryadlarini taşkil etişda qatnaşgan, bir oz vaqt Suriyadagi janglarda qatnaşgan. Keyin esa Iroqqa qaytib, dastlab "Mosul gubernatori örinbosari", söngra "Al-Faluja gubernatori" bölgan.

 Iroq IIVning bildirişiça, al-Jamiliy önlab teraktlarni amalga oşirganligiga iqror bölgan.