Davlat soliq qömitasi Birlaşgan kasaba uyuşmasi soliqçilarning işçanlik obrösini himoya qilib, deputat Rasul Kuşerbayevni sudga bergan.

«Kasaba uyuşmalari töğrisida»gi qonunga köra, kasaba uyuşmalari taşkilotlari xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilib sudga da'vo arizasi kiritişga haqli ekani belgilangan.

Kun.uz muxbiri 4 may kungi matbuot anjumanida Toşkent şahar sudi raisi örinbosari – fuqarolik işlari böyiça sudlov hay'ati raisi Şuhrat Abbosovdan uşbu masalada munosabat bildirişni söradi.

Abbosov, Fuqarolik protsessual kodeksining 3-moddasiga asosan, har qanday şaxs buzilgan huquqini tiklaş maqsadida sudlarga da'vo arizasi bilan murojaat qiliş huquqiga ega ekani, uning da'vosi asosli yo asosli emasligi işni köriş yakunida qabul qilinadigan sud hujjatida aks ettirilişi, şu nuqtayi nazardan hali işi körilmay turib, biror şaxsning da'vosini asossiz yoki da'vo kiritişga vakolatsiz deb topişga sudlar haqli emasligini ta'kidladi.

«Ma'lumki, Fuqarolik protsessual kodeksida da'vo ariza kelib tuşgandan boşlab 10 kunlik muddatda sudya fuqarolik işini qözğatiş masalasini hal qiladi. U iş hozir ana şu bosqiçda. Şu tufayli men sudyaning mustaqilligi nuqtayi nazaridan boşqa tafsilotlariga töxtalolmayman», – dedi şahar sudi raisi örinbosari.

Şuhrat Abbosov uşbu 10 kunlik muddatda sudya da'vo arizani qaytariş, da'vo arizani qabul qilişni rad etiş yoki arizani iş yurituviga qabul qilib, fuqarolik işini qözğatiş haqida 3 xil ajrimdan birini çiqariş vakolatiga egaligini bildirdi.

Eslatib ötamiz, Davlat soliq qömitasi va uning tarkibiy bölinmalari xodimlari Birlaşgan kasaba uyuşmasi Rasul Kuşerbayev ustidan FIB Şayxontohur tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritib, deputatdan 4,6 milliard söm miqdorida ma'naviy zarar undirilişini va deputat OAV orqali raddiya berib, keçirim söraşini talab qilmoqda.

Ijro organi parlament vakilidan 4,6 milliard söm undirmoqçi bölayotgani jamoatçilik muhokamasiga