Davlat soliq qömitasi va uning tarkibiy bölinmalari xodimlari Birlaşgan kasaba uyuşmasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayev ustidan Fuqarolik işlari böyiça Şayxontohur tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritgani, bunga Kuşerbayevning «Human.uz» axborot portalidagi «Söz blogerlarga» körsatuvining 2021 yil 23 fevraldagi sonida aytgan sözlari sabab bölgani töğrisida xabar tarqatdi.

Qömita xabarida deputat soliq organlariga 4,6 milliard sömlik ma’naviy zarar yetkazgani ta’kidlangan.

DSQning uşbu harakatlariga nisbatan jamoatçilik faollari öz munosabatlarini bildirişdi.

Iqtisodçi Yuliy Yusupov Kun.uz bilan suhbatda holatni ğalati deb ta’rifladi. Garçi u Soliq qömitasini «obnal işi» böyiça tanqid qilgan bölsa-da, qömita uni sudga bermaganini, milliardlab tovon talab qilmaganini ta’kidladi. U «obnal işi» yuzasidan Kun.uz'ga öz fikrlarini bayon qilib, qömitaning harakatlarini soğlom fikr va qonunni mazax qiliş deb atagandi.

Iqtisodçi Otabek Bakirov «Soliq qömitasi Kuşerbayevni 4,6 mlrd sömga baholabdi», deya fikr bildirdi. Uning ta’kidlaşiça, qonunçilikda yuridik şaxslarni haqorat qiliş degan klassifikatsiya yöq.

«Darvoqe, haqorat borasida. Bizda hokimlar, vazirlar fuqarolarni aniq nomi va ismini aytib haqorat qiladi. Bizda MIB rahbari xodimlarining aniq nomi va ismini aytib haqorat qiladi. Lekin biror marta biror bir vazir, hokim yoki rahbarga ma’naviy zarar undirişni sörab biror sömlik da’vo qözğatilganini eslay olmayman. Demak, Kuşerbayev xafa bölmasa bölaveradi, uni 4,6 mlrd sömga baholaşibdi. Istalgan normal sud bu absurd da’voni çilparçin qilib taşlaşiga işonçim komil», – deb yozdi iqtisodçi.

Deputat Doniyor Ğaniyev «DSQning uşbu işidan maqsad 26 aprel kuni sud «obnal işi» böyiça soliq qömitasining harakatini noqonuniy deb topgani borasidagi xabardan jamoatçilikni çalğitişmi?» degan savolni örtaga taşladi.

«Tadbirkorlarning DSQga qarşi da’volarini körib çiqayotgan qolgan ma’muriy sud sudyalariga Toşkent tumanlararo ma’muriy sudi sudyasi kabi odil va jasoratli bölişlarini tilab qolaman. «Obnal işi»da yutqazgan DSQ alamini Rasul Kuşerbayevdan olmoqçi körinadi. Yoki QQS işida yutqazgani haqidagi xabarlardan jamoatçilik e’tiborini çalğitiş uçun DSQ şu yölni öylab topdimi?» – deb