Serbiya hukumati 31 maygaça koronavirusga qarşi vaksinaning kamida bir dozasini qabul qilgan 16 yoşdan oşgan fuqarolarga 3000 dinordan (30 dollar) pul beriş töğrisida qaror qabul qildi. Bu haqda mamlakat prezidenti Aleksandr Vuçiç ma'lum qildi, deb xabar bermoqda 021.rs.

"Vaksina olmaganlarga çora köra olmaymiz, şu sababli emlanganlarni mukofotlaşni öylayapmiz", – dedi u.

Vuçiçning qöşimça qilişiça, emlangandan söng "kimningdir aybi bilan" koronavirus yuqtirganlarga pul tölanadigan ta'til beriladi, emlanmaganlarga esa kasallik davri uçun pul tölanmaydi.

U bunday çoralar serblarni vaksina bilan emlanişga rağbatlantirişiga umid bildirdi. Vuçiç şuningdek, emlangan xodimlariga qöşimça pul berayotgan kompaniyalarni maqtadi.

Vuçiçning özi aprel boşlarida Xitoyning Sinopharm kompaniyasi vaksinasi bilan emlangandi. Serbiyada şuningdek, BioNTech / Pfizer, AstraZeneca va Sputnik V vaksinalaridan foydalanilmoqda.