Prezident “Soğliqni saqlaş tizimida olib borilayotgan islohotlarni izçil davom ettiriş va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oşiriş uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş töğrisida”gi farmonni imzolaydi.
Soğliqni saqlaş vazirligida Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qöllab-quvvatlaş hamda tibbiyot muassasalariga jalb qiliş jamğarmasi taşkil etiladi.
Jamğarmani moliyalaştiriş manbalari etib quyidagilar belgilanadi:
- Davlat budjeti mablağlari;
- Soğliqni saqlaş vazirligining budjetdan taşqari mablağlari;
- davlat soğliqni saqlaş muassasalari tomonidan Jamğarmaga yönaltiriladigan ajratmalar;
- xalqaro moliya taşkilotlarining grant mablağlari;
- qonunçilik bilan taqiqlanmagan boşqa manbalar.
Moliya vazirligi Soğliqni saqlaş vazirligining söroviga asosan 2021 yilda Jamğarmaga 50 milliard sömgaça miqdorda mablağ ajratadi, 2022 yildan boşlab esa zarur mablağlarni Davlat budjeti parametrlarida közda tutadi.
Belgilanişiça, Jamğarma mablağlari tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlanadigan Işçi guruhining qaroriga asosan hududiy tibbiyot muassasalariga xorijdan işga jalb qilinadigan malakali mutaxassislar, şuningdek, mamlakatda faoliyat yuritayotgan iqtidorli mutaxassislarga zarur şart-şaroitlar yaratiş, şu jumladan ularni moddiy rağbatlantiriş tölovlarini amalga oşiriş, yetakçi xorijiy tibbiyot muassasalarida stajirovka ötaşlari va malaka oşirişlari bilan boğliq xarajatlarni amalga oşiriş uçun yönaltiriladi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlari hududiy tibbiyot muassasalariga xorijdan işga jalb qilinadigan malakali mutaxassislarni tegişli mahalliy budjetlar mablağlari hisobidan yaşaş joyi bilan ta'minlaş çoralarini köradi.












