«Yunusobod tuman hokimi Jahongir Ibrohimovda COVID-19 aniqlangani bois, haftaning har juma kuni fuqarolar uçun taşkil etiladigan sayyor qabulni ma'lum muddat tuman hokimining birinçi örinbosari Amir Muhitdinov ötkazadi», deyiladi xabarda.

Jahongir Ibrohimov 2017 yildan 2020 yilning avgustigaça Sirdaryo viloyati hokimi örinbosari lavozimida işlagan. 2020 yil 25 avgustdan Bektemir tumani hokimi bölgan, 2021 yilning yanvar oyida Yunusobod tumaniga hokim etib tayinlangandi.

Avvalroq Qaşqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev koronavirusga çalingani xabar qilingandi. 

  • Özbekistonda epidemiologik vaziyat murakkabligiça qolmoqda. Sönggi kunlarda kunlik kasallaniş holatlari soni 400dan yuqori bölmoqda, ayni vaqtda kasallikka çalinib, şifoxonalarga yotqizilgan bemorlar soni 3500dan oşgan.