Andijon viloyati hokimi Şuhratbek Abdurahmonov raisligida Andijon boks maktabini yaratiş böyiça yiğiliş ötkazildi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi Kun.uz muxbiriga xabar berdi.

Mazkur yiğilişda Andijonda boks maktabi binosini quriş böyiça bir neçta loyiha körib çiqilgan.

Boksni aholi örtasida ommaviy sport turlaridan biriga aylantiriş, iqtidorli sportçilarni aniqlaş, tanlaş va saralaş hamda ularni professional sportçilar sifatida tayyorlaş közda tutilgan mazkur sport maktabiga öquvçilar 7-sinfdan qabul qilinadi. Öqiş muddati 5 yil etib belgilanadi. Şuningdek, ta'lim olib, boks bilan şuğullaniş bepul etib belgilanadi.

Boks maktabi qaçondan qurila boşlanişi va joylaşuvi haqida ma'lumotlar taqdim etilmagan.