Estoniyada AQŞning Swift Response harbiy maşğulotlari faol bosqiçi boşlandi, deb xabar berdi ERR.
Xabarda aytilişiça, AQŞning 41-artilleriya brigadasi Estoniya mudofaa kuçlari poligonida reaktiv tizimlardan jangovar öt oçişlarni amalga oşiradi.
7 may kuni AQŞning 82-harbiy desant diviziyasi Nurmsi aerodromiga tuşadi. Amerikalik harbiylar 8 may kuni aerodromdan mudofaa kuçlari poligoniga vertolyotdan desant taşlaş maşğulotini ötkazadi.
Swift Response maşğulotlari AQŞ boşçiligidagi Defender Europe 2021 harbiy maşğulotlarining bir qismi hisoblanadi. Swift Response maşğulotlarida Estoniya, AQŞ va Buyuk Britaniyaning 2,5 mingga yaqin harbiy xizmatçisi, 20dan ortiq samolyot va 25ta vertolyot qatnaşadi. Maşğulotlar 14 may kuni yakunlanadi.
Defender Europe maşğulotlari Yevropaning 16 mamlakatida ötkaziladi, unga 28 ming harbiy jalb etiladi.












