Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Butunjahon vaksina kongressida koronavirusga qarshi eng yaxshi vaksina aniqlandi
Foto: Reuters
AQShning Moderna kompaniyasiga tegishli preparat chorshanba kuni Vashingtonda pandemiya tufayli videoaloqa orqali bo‘lib o‘tgan Butunjahon vaksina kongressida (World Vaccine Congress Washington 2021) dunyoda COVID-19’ga qarshi eng yaxshi vaksina deb tan olindi.
Infeksiya tarqalishidan oldin har yili Vashingtonda o‘tkazilgan forumda Moderna preparati «COVID’ga qarshi eng yaxshi vaksina» nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. AQShning Pfizer kompaniyasi germaniyalik sherik BioNTech bilan birgalikda ishlab chiqqan vaksina esa «juda yuqori baholandi». Nominatsiyalar qisqa ro‘yxatiga «Sputnik V», shuningdek AstraZeneca Britaniya-Shvetsiya kompaniyasi tomonidan Oksford universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan preparat ham kiritildi.
Moderna, shuningdek, «Vaksinalar uchun eng yaxshi yangi texnologiya/platforma» mukofotiga sazovor bo‘ldi. BioNTech bu nominatsiyada ham «juda yuqori baho oldi».
Ko‘p yillardan buyon Butunjahon vaksina kongressida preparatlar ishlab chiqish va tarqatish bilan shug‘ullanadigan xalqaro ekspertlar va olimlar ishtirokida turli konferensiyalar o‘tkazilib kelinadi.
Mavzuga oid
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
10:18 / 04.08.2025
YeK COVID-19'ga qarshi vaksinalar xaridi ma’lumotlarini ochiqlashdan bosh tortdi
21:40 / 30.04.2025
Husnbuzarlarga qarshi birinchi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi
16:00 / 04.02.2025