Avtomobil transportida yölovçilar taşiş faoliyatini tartibga soliş böyiça prezident qarori imzolandi. Qaror bilan 2022 yil oxirigaça eksperiment tariqasida yakka tartibdagi tadbirkorlarga yengil maşinalarda taksiçilik qilişga ruxsat berilmoqda.
Belgilanişiça, 2021 yil 1 sentyabrdan boşlab YaTT sifatida taksi faoliyati bilan şuğullaniş faqatgina mijozlarni izlaş böyiça interaktiv xizmat körsatuvçi kompaniyalar (agregatorlar) xizmati orqali amalga oşiriladi.
Taksi faoliyati bilan şuğullanuvçi ham yuridik şaxslar, ham YaTTlarga tegişli avtomobillar uçun quyidagi yagona talablar joriy etilmoqda:
- avtotransport vositasining tom qismiga töq sariq rangli fonar (plafon) örnatiş va unda «TAXI» taniş belgisini aks ettiriş;
- tölovni amalga oşiriş hamda bosib ötilgan yölni elektron tarzda qayd etiş imkoniyatini beruvçi maxsus ilovalarga ega moslamalar (uyali telefon, planşet va boşqalar) bilan jihozlaş;
- avtotransport vositasining priborlar panelida avtotransport vositasi töğrisidagi ma'lumotlar körsatilgan tabliçka mavjud bölişi kerak.
Taksi sifatida foydalaniladigan avtotransport vositalarining rangi («fil suyagi» va sariq ranglar) hamda maxsus davlat raqamiga («TT» tseriyali) qöyilgan talablar 2023 yil 1 yanvarga qadar töxtatilmoqda.
Yuridik şaxslarga tegişli taksilar uçun quyidagi preferensiyalar nazarda tutilmoqda:
- «töxtaş taqiqlangan» yöl belgisi amal qiliş hududida, şu jumladan aeroport va vokzallarga tutaş hududlarda töxtab, yölovçilarni oliş va tuşiriş huquqi saqlanib qolmoqda;
- aeroport, temir yöl vokzali, davlat iştirokidagi avtovokzal, bozor va savdo komplekslarining pullik töxtaş joylariga yölovçilarni oliş va tuşiriş uçun bepul kirişga ruxsat berilmoqda;
- avtobuslar uçun ajratilgan maxsus harakatlaniş yölagida harakatlanişga ruxsat berilmoqda.
Avvalroq, uşbu qarorga doir birlamçi tafsilotlar haqida xabar berilgandi:
Jismoniy şaxslarga YaTT sifatida taksiçilik qilişga ruxsat berildi











