Toşkent şahar Mirobod tumani Moştabib köçasi 31-uy manzilida VIII-IX asrlarga taalluqli Mingörik şahristoni yodgorligi joylaşgan.

Hozirda yodgorlik yonida Toşkent şahar IIBBning Ma'naviyat va ma'rifat markazi binosi qurilişi boşlangan.

Madaniy meros departamentining ma'lum qilişiça, Toşkent şahar IIBB qonunçilik talabini bajarmay, komissiyaning tegişli xulosasini olmasdan quriliş işlarini boşlab yuborgan.

«Tarixiy obekt yaqinida quriliş işlarini olib borişning öziga xos tartib-tamoyillari bor. Belgilangan qoidalari bor. Mingörik şahristoni – tarixiy şahar qoldiqlari joylaşgan hudud. Obektdan eng kamida 50 metr masofada quriliş işlari olib borilmasligi kerak.

Hozirda Toşkent şahar IIBB tarixiy yodgorlik yonida quriliş işlarini boşlab yuborgan. Biz bir emas, ikki marta ogohlantiriş xatlari berdik. Bu yerda quriliş işlarini boşlaş uçun Ilmiy-ekspert kengaşi xulosasi olingan bölişi kerak. Şundan sönggina quriliş işlari boşlanadi yoki rad etiladi. Uning xulosasi olinmagan.

Murojaatlarimizga Toşkent şahar IIBBdan javob bölmayapti. Lekin quriliş işlari davom etmoqda. Vaqtinça töxtatib ham turilgani yöq.

Bu yodgorlik YuNeSKOning tarixiy obidalar röyxatiga kiritilişi uçun nomzod qilib röyxatga olingan. Agar tegişli tartib-qoidalar asosida quriliş işlari olib borilmasa, bu röyxatdan tuşirib qoldirilişi mumkin. Toşkent şahar IIBBdan qurilişni töxtatib turişni, Ilmiy-ekspert kengaşining xulosasini olişni sörab qolardik», – deydi Madaniy meros departamenti bölim boşliği Alişer Yorqulov.

Madaniy meros departamenti bölim boşliği Alişer Yorqulov

«Quriliş emas, tozalaş işlari boşlangan» — Toşkent şahar IIBB

Toşkent şahar IIBB axborot xizmati vakili Nilufar Isaxonovaning aytişiça, qurilişni boşlaş uçun Arxitektura va quriliş boşqarmasining Mirobod tuman filialidan ruxsat olingan.

«Tarixiy yodgorlik yonidagi quriliş böyiça Madaniyat vazirligidan murojaat kelib tuşgan. Şuningdek, fuqarolar ham murojaat qilişgan.