Namangan viloyatining Uçqörğon tumani Qayqi qişloği qulupnay yetiştirişda yetakçi maskan hisoblanadi. Uşbu qişloqda xonadon borki, barida qulupnay ekiladi.

Gulnora Çölponova

Gulnora Çölponova ham oilasi bilan azaldan qulupnay ekib keladi. Avvallari qulupnayning jaydari navini ekişgan bölsa, hozirda "Çarli" va "Izabella" nomli navlarini yetiştirişmoqda. 

Uning sözlariga köra, bu yil birinçi hosilning kilosini 45 ming sömdan sotişgan. Ilk hosil ikki toğora çiqqan bölsa, hozirda kuniga 10 toğoradan qulupnay uzilmoqda.

Qayqiliklar aholining katta qismi aynan qulupnay ortidan daromad qiladi. Gulnora opaning aytişiça, bu yilgi daromaddan nabiralariga töy ham qilib bermoqçi.

Uçqörğon qulupnaylari nafaqat vodiyga balki, Özbekistonning boşqa hududlariga yetkaziladi hamda MDH davlatlariga ham eksport qilinadi.

Uçqörğonga xar yili aprel oxiri va may oylarida köplab yurtdoşlarimiz qulupnay sayliga kelişadi.