Belarus koronavirusga qarşi öz vaksinasini işlab çiqdi, deb ma'lum qildi mamlakat prezidenti Aleksandr Lukaşenko. Bu haqda BelTA xabar bermoqda.

«Keça öz vaksinamizni oldik. Hozir sotib olayotganimizdan farq qiladi. Şifokorlar aytganidek, «jonli» vaksina», — dedi u.

Lukaşenkoning qayd etişiça, Belarus vaksinadan foydalanişga şoşmaydi, çunki kasallik özgarişga uçramoqda. Uning sözlariga köra, hozirda mavjud vaksinalar koronavirusning yangi ştammlariga qarşi yordam bermasligi mumkin.

«Vaksinamizni özimizda paydo böladigan ştammga moslaştiramiz», — dedi u. 

Lukaşenko 1 aprelda Belarusda koronavirusga qarşi vaksina işlab çiqiş töğrisidagi qarorni imzolagandi. Qarorga köra, bu iş bilan mamlakat soğliqni saqlaş vazirligi va milliy fanlar akademiyasi şuğullanadi.