Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda tegishli hujjatlari bo‘lmagan 600 kilogramm go‘sht to‘xtatib qolindi
Qashqadaryo viloyatida joylashgan Mingchinor muntazam yo‘l-patrul xizmati maskanida tegishli hujjatlarsiz olib ketilayotgan 600 kilogramm go‘sht to‘xtatib qolingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 7 aprel kuni «Mingchinor» muntazam YPX maskanida Kitob tumanida yashovchi Sh.B. «Kia bongo» rusumli yuk mashinasida 600 kilogramm yirik shoxli mol go‘shtini tegishli veterinariya ma'lumotnomasi bo‘lmagan holda olib ketayotgani aniqlanib, tegishli tartibda bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Qayd etilishicha, so‘nggi paytlarda viloyatda sifatsiz go‘sht mahsulotlarini sotish holati ko‘paygan. Viloyatdagi bozorlar, savdo obektlarida joylashgan qassobxonalarda veterinariya, sanitariya qoidalari va me'yorlariga rioya etilishi bo‘yicha tekshiruvlar hamda reydlar o‘tkazilganda, bir qator qoida buzilishi holatlari aniqlangan, Jumladan, go‘sht mahsulotlarini sotishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan va yaroqsiz mahsulotlar sotgan 74 nafar shaxsga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Mavzuga oid
17:18 / 08.06.2026
Qashqadaryodagi portlashda 6 kishi halok bo‘lgan
15:27 / 08.06.2026
Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasida portlash ro‘y berdi
14:26 / 28.05.2026
1,5 mlrd dollarlik oltin sotuvi va keskin oshayotgan go‘sht importi - O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
10:33 / 25.05.2026