Toşkent şahrida rossiyalik fuqaroga uy olib berişni va'da qilib, uning 52 mln söm pulini olib, aldab ketgan şaxs aniqlandi. Bu haqda Tergov departamenti xabar bermoqda.
Aniqlanişiça, joriy yilning 25 aprel kuni Rossiya Federatsiyasi fuqarosi 77 yoşli F.Rufina Yakkasaroy tumani böyiça IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2020 yilning iyun oyida tanişi 40 yoşli Alişer S. Toşkent şahar hokimiyati orqali uy sotib olişida yordam berişini va'da qilib, Yakkasaroy tumani Ş.Rustaveli köçasi 62-uy oldida 52 mln söm pullarini aldov yöli bilan qölga kiritib, bergan va'dasini bajarmaganligini ma'lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani böyiça IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Alişer S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
















