Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko AQŞda qaytadan prezident saylovi ötkazilgandagina Belarusda ham qayta saylov ötkazilişini aytdi.
«Men roziman. Omma oldida aytyapman. Men Ğarb talab qilayotgan saylovni ötkazişga roziman. Men tayyorman. Amerikaliklar bilan parallel ravişda», — deya uning sözlaridan iqtibos keltirmoqda Sputnik Belarus.
U Amerika hukumati qaytadan saylov ötkaziş muddatini belgilaşi bilan Minsk ham şu kuni saylov muddatini belgilaşiga va'da berdi.
Lukaşenko G7 guruhining çaqiriğiga şu tarzda javob qaytardi. Avvalroq Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Fransiya, Yaponiya va AQŞ Belarusni siyosiy mahbuslarni ozod qiliş va qaytadan saylov ötkazişga çaqirgandi.













