«Bir oy ichida ishlar boshlanadi». Vazir o‘rinbosari ishi to‘xtab qolgan mln dollarlik sanoat zonasiga elektr yetkazilishini aytdi
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Aziz Voitov Kun.uz tahririyatiga kelgan murojaat yuzasidan izoh berdi.
Yangiyo‘l tumani Sho‘ralisoy massividagi sanoat zonasida 10 nafar tadbirkor auksionda 10 ta lotni yutib olib, bir necha mln dollarlik investitsiyalar kiritgan. Ammo qariyb bir yildan buyon davlatning elektr ta'minotini yetkazib berish bo‘yicha majburiyati bajarilmayapti. Shu sababli yuzlab odamlar ishsiz qolgan va ishlab chiqarish to‘xtagan.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Aziz Voitov OAV vakillari ishtirokidagi matbuot anjumanida mazkur sanoat zonasi davlat dasturiga kiritilgani va muammo tez orada hal bo‘lishini ma'lum qildi.
«Haqiqatan shu muammolar mavjud. Davlatimiz rahbari respublikaning barcha hududlarida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil qilish, ularning muammolarini o‘rganish va yechish bo‘yicha topshiriq berganlar.
Tadbirkorlar bilan uchrashuvda biz ko‘rdikki, bunday muammolar erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarida ko‘plab uchramoqda.
Endilikda prezident qarori bilan bu masalalarga chek qo‘yish belgilandi. Aytib o‘tilgan tadbirkorlarning sanoat zonasi ham davlat dasturiga kiritilgan. Tez orada mablag‘lar ajratilib, kommunal tashkilotlar tomonidan ishlar amalga oshiriladi. Qarorga ko‘ra, bir oy ichida bu ishlar boshlanadi», deya vazir o‘rinbosari so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Shuningdek, tadbirda erkin iqtisodiy zonalarda byurokratik to‘siqlar borasida ham fikr bildirildi. Aytilishicha, ayni paytda turkiyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda barcha EIZdagi rahbarlar faoliyati qayta ko‘rib chiqilmoqda. Byurokratik muammolar o‘rganilmoqda.
Ma'lumot, hozirda O‘zbekistonda 23 ta maxsus iqtisodiy zonalar bor va ular 8,8 ming gektarni tashkil etadi. Shundan 3,9 ming gektarida qiymati 5,3 mlrd dollarlik 895 ta investitsiya loyihalari joylashtirilgan. Qolgan 4,9 ming gektar maydon loyihalar joylashtirish mumkin bo‘lgan bo‘sh yerlardan iborat.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2025 yilda quvvati 65 megavatt bo‘lgan mingdan ortiq mikro GES quriladi
O‘zbekiston | 20:38
-
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 20:04
-
Tailand Myanmada qullikdan ozod etilgan 7 ming kishini vataniga yubordi
Jahon | 20:02
-
Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun Germaniya taraqqiyot bankidan 23,5 mln yevro kredit olinadi
Iqtisodiyot | 19:43
Mavzuga oid

11:56 / 16.04.2025
Toshkentning ayrim hududlarida 4 kun davomida elektr energiyasida uzilishlar kuzatiladi

12:07 / 08.04.2025
2,1 mlrd so‘mlik elektrni noqonuniy ishlatgan klinika aniqlandi

09:14 / 05.04.2025
Elektr tarmoqlari korxonasi xodimi 1 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qildi

08:24 / 26.03.2025