Toşkentdagi Yunusobod tumanining ayrim hududlarida 10 may kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar gaz ta'minoti vaqtinça töxtatiladi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinişiça, şu kuni «Hududgaz Poytaxt» GTFning «Yerosti gaz quvurlari xizmati» va «Yunusobodtumangaz» ta'minoti bölimi tomonidan Tashkent City hududiga qadar yangi qurilgan D-400 mm örta bosim gaz quvurini mavjud örta bosim D-729 mm yerosti gaz quvuriga ulaş işlarini amalga oşiriş rejalaştirilgan.
Şu sababli quyidagi hududlarda iste'molçilarga gaz ta'minoti vaqtinçalik töxtatiladi:
- Yunusobod tumani 2-mavze – 38ta köp qavatli uy, 2300 xonadon;
- 3-mavze – 21ta köp qavatli uy, 1260 xonadon;
- 4-mavze – 85ta köp qavtli uy, 7000 ta xonadon;
- 5–6–7-mavzelar – 105ta köp qavatli uy, 6300 xonadon;
- 8-mavze – 50ta köp qavatli uy, 3000 xonadon;
- 9-mavze – 28ta köp qavatli uy, 1500 xonadon;
- 10-mavze – 25ta köp qavatli uy, 1300 xonadon;
- 11-mavze – 59ta köp qavatli uy, 3000 xonadon;
- 12-mavze – 32ta köp qavatli uy, 1920 xonadon;
- 13–14–15-mavzelar – 69ta köp qavatli uy, 4150 xonadon;
- «Kulolqörğon», «Şodlik», «Ğayratiy», «Şahriston», «Moyqörğon», «Anorzor» mahallalaridagi 5 ming xonadon.
Şuningdek, «Şahriston», «Anorzor» mahallasidagi 2ta, Amir Temur köçasidagi 8ta, Ahmad Doniş köçasidagi 2ta, Çimkent yöli köçasidagi 3ta ulgurji iste'molçi hamda 4–6–8–9–11–12–13–14-mavzelardagi 15ta ulgurji istemolçi yuqorida körsatilgan vaqt davomida gaz ta'minotidan uziladi.

















