Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daniyada koronavirus sababli ko‘milgan 4 million qorako‘zan qayta kavlab olinadi
Foto: RIA Novosti
Daniyada organizmida koronavirusning odamlarga yuqish xavfiga ega bo‘lgan mutatsiyasi aniqlangani sababli 2020 yilda ko‘mib yuborilgan 4 mln qorako‘zan qayta kavlab olinadi. Aniqlanishicha, ushbu jonzotlar jasadlarining chirish mahsulotlari ichimlik suvi manbalari va ko‘lni ifloslantirmoqda.
“Jarayon vaqtida yaqin orada yashovchi aholi o‘tkir chirindi hidini his qilishi mumkin. Biz bunday muammoga hech ham duch kelmagandik”, deb aytgan Daniya atrof-muhit vazirligi vakili Yan Reys.
2020 yilda Daniyada yetishtiriluvchi qorako‘zanlarda koronavirus aniqlangani sababli ularning 15 milliontasi yo‘q qilingandi. Shu bilan birga, ikkita harbiy poligonda ko‘milgan 4 millionta qorako‘zan chirish vaqtida hosil bo‘lgan gazlar sababli keyinchalik yer sirtiga chiqib qolgan.
Mamlakat parlamenti korako‘zanlar jasadini kavlab olish va yoqib yuborishga qaror qildi. Ta'kidlanishicha, ushbu jarayon 2 oyga yaqin vaqt oladi. Mahalliy aholiga bu vaqtda uylari oynalarini ochmaslik va yuvilgan kirni ko‘chaga osmaslik tavsiya qilingan.
Ayni vaqtda Daniyada 2022 yil boshigacha qorako‘zanlar yetishtirish taqiqlab qo‘yilgan. Yevrokomissiya korako‘zanlar yetishtiruvchi fermalarga 2 mlrd yevro kompensatsiya to‘lashga va'da bergan.
Keyinchalik Daniya hukumati qorako‘zanlarni yoppasiga yo‘q qilish qarori noto‘g‘ri bo‘lganini tan olgan.
Mavzuga oid
13:53 / 04.10.2025
Daniya razvedkasi: Rossiya G‘arbga qarshi gibrid urush olib bormoqda
13:18 / 01.10.2025
Ukraina Daniyaga dronlar bilan kurashish bo‘yicha mutaxassislarni yubordi
10:08 / 29.09.2025
Daniya dron haqidagi xabarlardan so‘ng qiruvchilarni havoga ko‘tardi
07:28 / 29.08.2025