Ötgan yil kuzda Toğli Qoraboğda yuz bergan jangovar harakatlar davomida 2895 nafar ozarboyjonlik harbiy halok bölgan, 19 nafari bedarak yöqolgan. Bu haqda Ozarboyjon mudofaa vazirligi ma'lum qildi.
«Vatan uruşida şahid bölgan 2895 nafar va bedarak yöqolgan deb hisoblanuvçi 19 nafar harbiy xizmatçining fotosurati, ism-şarifi, harbiy unvoni va tuğilgan sanasi haqidagi ma'lumotlarni taqdim etamiz», — deyiladi mudofaa vazirligi xabarida.
Qayd etilişiça, bedarak yöqolgan deb hisoblanayotgan harbiylarni qidirib topiş va şaxsini aniqlaş böyiça işlar olib borilmoqda.
Ma'lumotlarga köra, Armaniston uşbu nizoda 3,5 mingga yaqin kişini yöqotgan. Toğli Qoraboğning yöqotişlari 2 mingga yaqin deb hisoblanmoqda.














