Psixologik muammolar yoshlarning texnologiyadan foydalanishi bilan qanchalik bog‘liq? Tadqiqot natijalari
Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, yoshlarning texnologiyadan foydalanishi ular duch keladigan psixologik buzilishlarga «nisbatan kam» ta'sir ko‘rsatadi.

Foto: Getty Images
Oksford internet institutining tadqiqotida 10 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan 430 mingdan ziyod yoshlarning televizor tomosha qilish, ijtimoiy tarmoqlar va texnologik vositalardan foydalanish vaqti bilan ruhiy tushkunlik, o‘z joniga qasd qilish fikri va xulq-atvor buzilishi kabi psixologik muammolar o‘rtasidagi bog‘liqlik tekshirildi.
Tadqiqotlar natijasida 1991-2019 yillar orasida depressiya bilan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish va televizor tomosha qilish vaqti o‘rtasidagi munosabatlar biroz bo‘lsa-da zaiflashgani kuzatildi.
Xuddi shu davrda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning psixologiyaga ta'siri biroz o‘sgan.
Oksford internet institutining tadqiqotlari Clinical Psychological Science jurnalida e'lon qilindi.
Tadqiqotda 1991-2017 yillar orasida Buyuk Britaniya va AQShda yashagan 10-15 yosh oralig‘idagi 430 mingdan ortiq yoshlarning ma'lumotlari tahlil qilindi.
Tadqiqotda ishtirok etayotgan yoshlardan ma'lum savollar asosida o‘zlarining hissiy holatlarini baholashlari so‘raldi.
Keyingi bosqichda yoshlardan odatda ijtimoiy tarmoqlardan yoki mobil telefon va televizor kabi texnologik qurilmalardan qancha vaqt davomida foydalanishlari so‘raldi. Bu vaqtdan qanday foydalanganliklari esa so‘roq qilinmadi.
«2010 va 2019 yillarni taqqoslaganda ijtimoiy tarmoqlarning ruhiy salomatlikka ta'sirida hech qanday farqni ko‘rmadik», deydi tadqiqot koordinatorlaridan biri professor Endryu Przybilskiy.
Przybilskiy texnologiyadan foydalanish va ruhiy salomatlik o‘rtasidagi munosabatlar «tobora kuchayib bormayotgani»ni ta'kidladi.
Oksforddagi tadqiqotlar texnologiyaning yoshlar ruhiy salomatligiga zararli ta'siriga e'tibor qaratayotgan siyosatchilar va mutaxassislarga ogohlantirmoqda.
Aslini olib qaraganda, yoshlarning texnologiyalardan foydalanishini ular boshdan kechirgan ruhiy muammolar bilan bog‘laydigan tadqiqotlar jamoatchilikka juda yaxshi ma'lum.
Masalan, 2021 yil yanvar oyida chop etilgan bir tadqiqotda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish yoshlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchni susaytirishi haqida xulosaga kelingandi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Islandiyada harakatga kelgan vulqon sabab aholi evakuatsiya qilinmoqda
Jahon | 00:13
-
Avstraliyada suv toshqinlari oqibatida 100 mingdan ortiq chorva nobud bo‘ldi
Jahon | 23:24 / 01.04.2025
-
Xitoyda birinchi marta operatorlarga uchar taksilardan foydalanishga ruxsat berildi
Fan-texnika | 23:16 / 01.04.2025
-
Ukrainada 20 km masofaga ucha oladigan optik tolali FPV-dronlar sinovdan o‘tkazildi
Jahon | 23:14 / 01.04.2025
Mavzuga oid

14:13 / 25.03.2025
Firibgarlar tuzog‘iga eng ko‘p tushadigan odamlar toifasi ma’lum qilindi

07:39 / 19.03.2025
Ajrashgan juftliklarga hissiyotlarni unutish uchun 8 yil kerak - olimlar

21:06 / 16.12.2024
Ruhiy salomatlik bilan bog‘liq muammolar pandemiya darajasiga yetdi – tadqiqot

18:36 / 20.09.2024