Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chexiya Vrbetitsedagi portlashlar uchun Rossiyadan 47 mln dollar talab qilmoqchi
Aprel o‘rtalarida Chexiya bosh vaziri Andrey Babish Vrbetitsedagi hodisaga Rossiya bosh razvedka boshqarmasi xodimlari aloqadorligi haqida ma'lum qilgandi.
Chexiya hukumati 2014 yilda Vrbetitseda sodir bo‘lgan portlashlar uchun kompensatsiya sifatida kamida 1 mlrd kron (47 mln dollar) talab qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat moliya vaziri Alyona Shillerova ma'lum qildi.
Shu bilan birga, bu miqdor yakuniy emas – portlash sodir bo‘lgan region hukumati ham da'vo bilan chiqishi mumkin. Ular xususan, ma'naviy zarar va mulkdan foydalanish imkoniyati yo‘qqa chiqqani uchun kompensatsiya talab qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 17 aprelda Chexiya bosh vaziri Andrey Babish mamlakat maxsus xizmatlaridan Vrbetitsedagi hodisaga Rossiya bosh razvedka boshqarmasi xodimlari aloqadorligi haqida axborot olganini ma'lum qildi. Bu ayblovlar Chexiya va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar taranglashishiga olib keldi.
Vrbetitsedagi portlashlar 2014 yil 16 oktyabrda va 3 dekabrda yuz bergan. Portlashlar oqibatida 2ta ombor yo‘q bo‘lgan, 2 kishi halok bo‘lgan.
Bir yarim oydan keyin birinchi ombordan bir kilometr uzoqlikda joylashgan boshqa omborda kuchli portlash sodir bo‘lgan. Bu yerda 100 tonnaga yaqin o‘q-dori saqlangan.
Mavzuga oid
19:05 / 18.07.2026
Yangi davr urushlari: nimalar o‘zgardi, maqsadlar-chi?
10:45 / 18.07.2026
Rossiyada harbiy xizmat uchun mahkumlar doirasini kengaytirish taklif etildi
10:20 / 18.07.2026
Hujjatsiz qolgan ayol va uch nafar farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
09:30 / 18.07.2026