Buxoro viloyati IIB boşliği Şuhrat Aliyevga köra, joriy yilning 3 oyi mobaynida viloyat hududida jami 933 ta jinoyat qayd etilib, ötgan yilga nisbatan 330 taga, jinoyat qidiruv sohasidagi jinoyatlar 275 taga köpaygan.

Qayd etilgan jinoyatlar 100 ming aholi soniga nisbati örtaça 47 tadan töğri kelgan. Bu körsatkiç 2020 yilga nisbatan 16 taga ösgan. Röyxatga olingan jinoyatlarning 474 tasi joriy yilda, 459 tasi avvalgi yillarda sodir etilgan. 313 tasi huquqni muhofaza qiluvçi organlarning taşabbusi bilan aniqlangan jinoyatlarni taşkil etsa, 620 tasi oldini oliş mumkin bölgan jinoyatlardir. 

Mazkur muddatda hududda qotillik jinoyati 3 taga, talonçilik 4 taga, öğirlik 70 taga, bezorilik 1 taga, firibgarlik 119 taga, tovlamaçilik 1 taga, örtaça oğirlikdagi tan jarohati 14 taga, yengil tan jarohati yetkaziş 31 taga köpaygan. 

Sessiyada viloyat hududida sodir etilayotgan jinoyatlar şahar-tumanlar, sektorlar, mahallalar kesimida birma-bir tahlil qilindi. Xizmat faoliyati davomida hududda huquqbuzarliklarning oldini oliş hamda jinoyatçilikni jilovlaş borasida yöl qöygan jiddiy xato, kamçiliklari uçun sektorlar rahbarlari, profilaktika inspektorlari va mahalla fuqarolar yiğinlari raislari keskin ogohlantirildi. 

Viloyatda «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoşlar daftari» asosida amalga oşirilayotgan işlar böyiça viloyat prokurori Mahmud Istamovning axboroti tinglandi.

Ismatov «Saxovat va kömak umumxalq harakati» yönalişida ijtimoiy himoyaga muhtoj bölgan oilalarni qöllab-quvvatlaş böyiça prokurorlar sektorlaridagi 558 ta ehtiyojmand oilaga 158,9 million sömlik oziq-ovqat, 11,7 million sömlik dori-darmon, 66,9 million sömlik çorva va 32,1 million söm pul mablağlari moddiy yordam sifatida tarqatilganini ma'lum qildi.