“Yana bir marta ta'kidlamoqçiman, uruşdan keyin Toğli Qoraboğ ixtilofi hal qilinganini bir neça marta aytganman. Ozarboyjon bu ixtilofni bir özi, jang maydonida va muzokaralar stoli ortida hal qildi. Jang maydonidagi ğalaba duşmanni oq bayroq kötarişga va kapitulyatsiya haqidagi hujjatni imzolaş uçun taslim bölişga majbur qildi. 10 noyabrda imzolangan hujjat Armanistonning taslim bölişi haqidagi hujjatdir. Ozarboyjonda Toğli Qoraboğ deb nomlanuvçi hududiy birlik yöq. Ixtilof hal qilindi va bu masalaga qaytiş befoyda deb hisoblayman. Biz buni uruşdan keyingi davrda körsatdik”, deb aytgan Aliyev Ozarboyjon davlat televideniyesiga bergan intervyusida.
Ozarboyjon rahbarining ta'kidlaşiça, “kimdir hali ham ixtilof hal qilinmagan deb hisoblayotgan bölsa, unda bu uning şaxsiy muammosi”.
“Ikkinçidan, bu xavfli yondaşuvdir. Agar ixtilof hal qilinmagan bölsa, unda uni qanday hal qiliş kerak? Unda bu 10 noyabrda imzolangan bayonot öz kuçini yöqotganini anglatadimi? 10 noyabrda ixtilofni hal qiliş haqida hujjat imzolangan. Bu bayonot ba'zilar körsatmoqçi bölayotgandek faqat öt oçişni töxtatiş haqidagi hujjat emas. Közlarini yaxşilab oçib, unda boşqa yana qança band borligini körişsin. Unda köplab masalalarga, jumladan, kommunikatsiyalar oçişga taalluqli köp bandlar bor. Agar ixtilof hal qilinmagan bölsa, unda qanday kommunikatsiyalarni oçiş haqida söz borişi mumkin? Unda nimaga Ozarboyjon, Armaniston va Rossiya boş vazirlari örinbosarlari uçraşib, kelişmoqdalar?” deb ta'kidlab ötgan Aliyev.
2020 yil sentyabrda Toğli Qoraboğda uşbu hudud uçun Ozarboyjon va Armaniston qurolli kuçlari örtasida jangovar harakatlar qayta boşlangandi. 2 oyga yaqin davom etgan qarama-qarşilikdan keyin tomonlar Rossiya vositaçiligida öt oçişni töxtatişga va asirlar hamda halok bölganlar jasadlari bilan almaşişga kelişgan. Yerevan, şuningdek, Ozarboyjonga Kelbajar, Loçin va Agdam tumanlarini topşirgan.














