The Straits Times naşrining xabar berişiça, Malayziya boş vaziri Muhiddin Yassin milliy xavfsizlik kengaşi yiğilişiga köra bu haqida ma'lum qilgan.
Lokdaun davomida mamlakatda jamoat tadbirlari ötkaziş, restoranlarga boriş hamda ştatlar va tumanlar içida iş, şoşilinç holatlar, tibbiy zarurat, emlaş yoki turmuş örtoğini köriş bilan boğliq bölmagan holatlarda harakatlaniş taqiqlanadi. Bir maşinada köpi bilan 3 kişining harakatlanişiga ruxsat beriladi.
Iş beruvçilarga xodimlarining kamida 70 foizini masofadan işlaşga ötkaziş buyurilgan. Bundan taşqari, mamlakatda barça ta'lim muassasalari yopiladi. Bundan xalqaro imtihonlarni topşirayotganlar va ota-onalar istagiga köra bolalar boğçalari istisno qilinadi.
Malayziyada bunday qat'iy lokdaun 22 yanvardan 5 martgaça amal qilgan. Çeklovlar ijobiy natijalar berib, mamlakatda koronavirus bilan boğliq vaziyat ança yaxşilangandi. Biroq hozirda Malayziyada koronavirusga çaliniş holatlari yana köpayayotgani qayd qilinmoqda. Prognozlarga köra, may örtalariga kelib, mamlakatda kunlik kasallaniş holatlari 5 mingga yaqinni taşkil qilişi, oy oxiriga kelib esa 7 minggaça yetişi mumkin.
Ta'kidlanişiça, Malayziya hukumati bunday qat'iy qadamga Ramazon hayiti – Iyd al-Fitr arafasida bormoqda.












