Qoraqalpoğiston Respublikasi bojxona boşqarmasi xodimlari va DXX hamkorligida Törtköl tumanida tezkor tadbir ötkazilgan. Unda salkam 100 gramm «opiy» giyohvand moddasini olib ketayotgan oğufuruş töxtatib qolindi. Bu haqda Bojxona boşqarmasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, avvaldan kuzatuvga olingan fuqaro Ç.A. boşqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtotransport vositasi töxtatilib, belgilangan tartibda közdan keçirilgan. Natijada, uşbu şaxsning çöntagida jami 3 dona polietilen öramda  «opiy» giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Şuningdek, avtotransport vositasi yukxonasidagi ehtiyot qismlar sumkasi içiga yaşirilgan 1 dona elektron tarozi va 1 litr siğimli gaz ballon ham aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirilib olindi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Ekspertiza-kriminalistika boşqarmasining xulosasiga köra, uşbu giyohvandlik moddalar sof oğirligi 99,42 grammni taşkil etuvçi «opiy» ekanligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.