Şvetsiyaning Svenska Dagbladet gazetasi ilmiy tavsiyalar asosida miya qarişini sekinlaştirişning yetti usulini ma'lum qildi.

Mutaxassislarning sözlariga köra, miya qarişiga nafaqat irsiyat, balki turmuş tarzi ham ta'sir körsatadi. 

Olimlar birinçi navbatda köproq harakat qilişga çaqirişmoqda. Qayd etilişiça, jismoniy faollik miya uçun foydali.

Miya umrini uzaytiriş uçun soğlom uyqu ham lozim. Tavsiya etilişiça, sutkasiga yetti soatdan kam uxlamaslik kerak. Tadqiqotlar natijalariga köra, kam uxlaş 50–60 yoşlilarda miya qarişi xavfini oşiradi.

Şuningdek, yaxşi ovqatlaniş ham muhim örin tutadi. Karolina instituti professori May-Lis Helennius sabzavot, mevalar, kökat, dukkaklilar, yonğoq, sitrus, zaytun moyi va baliqni köp iste'mol qilişni tavsiya etadi.

Bundan taşqari, mutaxassislar ortiqça vazndan qutulişni maslahat berişgan. 

Şuningdek, içak mikroflorasi töğrisida ham qayğuriş darkor. Naşrning yozişiça, miya va qorin böşliği orasida doimiy aloqa mavjud. Aniqlik kiritilişiça, ruhiy soğlom böliş uçun zarur bölgan serotonin gormonining 90 foizi içakda va ön foizi miyada işlab çiqariladi.

Şu bilan birga, oila a'zolari bilan yaxşi munosabatda böliş muhim hisoblanadi, çunki miya soğlomligiga oiladagi yaxşi muhit ijobiy ta'sir körsatadi.

Olimlar, şuningdek, butun umr davomida yangi narsalarni örganişga intiliş kerakligini ta'kidlaşgan, çunki bu miyada yangi hujayralar paydo bölişiga olib keladi.