Taxiatoş tumanida «Taxiatoş IES» AJga qaraşli tibbiy diagnostika markazi hamda tikuvçilik sexi binosining oçiliş marosimi bölib ötdi. Unda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisi Murat Kamalov, Vazirlar Kengaşi raisi Qahramon Sariyev, «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ Boşqaruvi raisi Farhod Abduraxmanov va boşqa mas'ullar iştirok etdi.

Murat Kamalov tabrigidan keyin mehmonlar tibbiy diagnostika markaziga örnatilgan jihozlar va tikuvçilik sexidagi iş jarayoni bilan tanişişgan.

Qayd etilişiça, diagnostika markazida respublikada yagona bölgan zamonaviy MRT qurilmasi örnatilgan. Şu bilan birga elektrokardiogramma, videoendoskopiya, ultratovuş diagnostikasi, stomatologiya va boşqa tibbiy qurilmalar örnatilgan.

Qöşimça qilinişiça, diagnostika markazi va tikuvçilik sexining işga tuşirilişi natijasida 65 ta yangi iş örinlari yaratilgan. Şundan diagnostika markazida 48 ta iş örinlari va tikuvçilik sexida 17 ta iş örinlari yaratildi, deyiladi hokimlik xabarida. 

Eslatib ötamiz, bundan oldin Beruniy tumanida loyiha qiymati 11 mlrd sömlik innovatsion klinika iş boşlagandi.