Qoraqalpoğiston Respublikasi Taxiatoş tumani hokimining quriliş, kommunikatsiyalar, kommunal xöjaligi, ekologiya va kökalamzorlaştiriş masalalari böyiça örinbosari Ğulom Bektemirov hamda u bilan jinoiy til biriktirgan MÇJ rahbariga sud hukmi öqildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

Sud hukmida keltirilişiça, xalq deputatlari Taxiatoş tumani kengaşining 2023 yil 23 iyundagi qarori bilan “Universal Energo Ğaiz Stroy” MÇJ Taxiatoş tumani hududidagi ijtimoiy soha obektlarini kuz-qiş mavsumida isitiş tizimlarini amalga oşirişda xususiy şerik sifatida kiritilgan. Söngra tuman hokimligi va MÇJ örtasida jami 12 mlrd 440 mln sömlik (şundan 6 mlrd 220 mln sömi davlat budjeti hisobidan ajratilişi nazarda tutilgan) davlat-xususiy şeriklik bitimi tuzilgan.

Mazkur bitimga asosan tumandagi 49 ta ijtimoiy soha obektlariga 173 ta yangi isitiş qozoni örnatilişi va isitiş tizimlari modernizatsiya qilinişi, kömir uçun omborxona qurilişi hamda boşqa ta’mirlaş işlari bajirilişi kerak edi. Ammo MÇJ rahbari Amanbay Karaşayev hokim örinbosari Ğulom Bektemirov bilan til biriktirgan holda loyiha-smeta hujjatlarida nazarda tutilgan işlarni töliq bajarmasdan, bajarilgani haqida hisob-faktura tayyorlaşgan.

Ular hujjatga ayrim boğça yoki maktablarda katta hajmli isitiş qozoni örnatilgani haqida ma’lumot kiritişgan, biroq aslida kiçik hajmli isitiş qozoni örnatişgan. Hatto ba’zi ta’lim va tibbiyot muassasalariga isitiş qozonlari örnatilmagan holda bu iş bajarilganini qayd etişgan.

Jumladan, tumandagi 5-, 8-, 13-, 14-, 15-sonli maktabgaça ta’lim taşkilotlariga, oilaviy poliklinikaga, ixtisoslaştirilgan narkologik dispanseriga, markaziy poliklinikaga, Keneges va Azatliq oilaviy poliklinikalariga, 4-, 5-, 9-, 10-, 11-, 12-, 13-, 14-, 15-, 16-, 17-, 18-, 19-, 20-, 21-, 22-sonli umumta’lim maktablariga, şuningdek, Barkamol avlod, Bolalar musiqa va san’at maktablariga, Sport maktabiga yangi qozonxona qurilgani körsatilgan holda aslida uşbu qozonxonalar umuman qurilmagan.

Mazkur qilinmagan işlar qöşib yozilişi orqali jami 760 mln söm budjet mablağlari özlaştiriş va rastrata yöli bilan talon-toroj qilingan. Ğulom Bektemirov hisob-fakturani bajarilmagan işlar qöşib yozilganini bilgan holda imzolab, tasdiqlab bergan. 

Bundan taşqari, Ğulom Bektemirov hokimlik balansida bölgan va rejaviy buzilişga tuşgan uyni mahalliy fuqaroga buziş işlarini olib boriş hamda buziş davomida çiqqan materiallardan öz xohişiga köra foydalaniş (sotiş) vakolatini beruvçi hujjatlarni rasmiylaştirib berişini aytgan. U buning evaziga 35 mln söm talab qilgan.

Tezkor tadbirda hokim örinbosari söralgan pul mablağidan 32 mln sömni haydovçisi orqali olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan