Olimlar Çernobil AESda yangi yadroviy reaksiyalar boşlanganidan ogohlantirdi. Hozirda ukrainalik mutaxassislar reaksiya öz-özidan töxtaydimi yoki yangi halokatning oldini oliş uçun kerakli çoralar köriş zarurmi degan savolga javob izlamoqda.

Qayd etilişiça, yadroviy reaksiyalar töğrisidagi xabar Science jurnalida çop etilgan. Mutaxassislarning sözlariga köra, AESning reaktor zali tubiga kömilgan uran yonilğisida böliniş reaksiyalari boşlanmoqda.

Kiyevdagi AES xavfsizligi muammolari instituti xodimi Anatoliy Doroşenkoning ma'lumot berişiça, uskunalar neytronlar soni oşayotganini qayd etmoqda. Bu böliniş reaksiyasidan darak beradi, dedi u.

Uning hamkasbi Maksim Savelev AESda halokat sodir bölişi ehtimoli haqida aytdi. Uning sözlariga köra, paydo bölgan tahdidni bartaraf etiş yölini topiş uçun vaziyatni boşqarişga mas'ul şaxslarda bir neça yil vaqt bor.