Mamlakatda klaster tizimining joriy etilişi töqimaçilik sohasida yangi yönalişlarni oçib berdi. Klasterlar özlari yetiştirgan paxtadan tayyor mahsulot işlab çiqarişgaça bölgan jarayonda faoliyat yuritmoqda. Bu esa öz-özidan mazkur sohada mutaxassislarga bölgan talabni oşiradi.
Ma'lumki, Xöjaobod tumanida tekstil sohasi juda rivojlangan. Tumanda yuzlab trikotaj mahsulotlari işlab çiqaruvçi korxonalar faoliyat yuritadi.
Yangi institut Samo tekstil korxonasi tomonidan bunyod etilmoqda.
Andijon viloyati hokimligining Kun.uz muxbiriga bergan ma'lumotlariga köra, ayni paytda mazkur institutning öquv va boşqa qöşimça binolari qurib bitkazilgan. Institutda tekstil sohasi uçun zarur bölgan – injyener-texnolog, dizayner singari mutaxassislar tayyorlanadi. Institutda dars beriş uçun Turkiya, Pokiston va Hindiston davlatlaridan malakali mutaxassislar taklif qilingan.
Bundan taşqari, institutda paxta xomaşyosi yetiştiriş mutaxassisligi yönalişi böyiça ham fakultetlar iş olib boradi.
Ma'lumotlarga köra, xalq xöjaligi uçun kerakli mutaxassislar tayyorlovçi yangi oliy ta'lim muassasasi joriy öquv yilida 180 nafar talaba qabul qilişi közda tutilgan.











