Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi bilan videokonferensiya şaklida moliyaviy-texnik hamkorlik böyiça muzokaralar ötkazdi.

Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi yangi «Strategiya – 2030»ga muvofiq, Özbekiston Markaziy Osiyo mintaqasidagi yagona hamkor-mamlakat sifatida belgilanganini ma'lum qilgan. Şuningdek, Germaniyaning Toşkentdagi elçixonasida iqtisodiy hamkorlik böyiça maxsus vakil tayinlanadi.
Germaniya tomoni kasb-hunar ta'limi, kiçik va örta biznesni kreditlaş, yangi iş örinlari yaratiş, ösimliklar karantini xizmatini yaxşilaş, soğliqni saqlaş tizimi va boşqa sohalarda loyihalarni amalga oşirişni moliyalaştirişning yangi hajmlari böyiça Özbekiston tomonining takliflarini qöllab-quvvatladi.

Muzokara yakunida Germaniya hukumati tomonidan 2021 yil uçun 61 mln yevro miqdorida, jumladan, 23,5 mln yevro – imtiyozli kreditlar va 37,5 mln yevro – Özbekistonda yuqorida qayd etilgan sohalarda 8ta loyihani amalga oşiriş uçun grantlar va texnik yordam şaklida maqsadli moliyalaştirişni amalga oşiriş masalasi töğrisida kelişib olindi.











