Adliya vazirligi yerlarni qonunga zid ravishda egallab olgan fuqarolar, shu jumladan, mansabdor shaxslar uchun ham javobgarlik keskin kuchaytirilishi ko‘zda tutilgan qonun loyihasi ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilganini ma'lum qildi.
Amaldagi qonun hujjatlarida yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallaganlik, ulardan xo‘jasizlarcha foydalanganlik va yer hisobini yuritishdagi huquqbuzarliklar uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.
Xususan, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 60 va 601-moddalarida yerni o‘zboshimchalik bilan egallaganlik va unga yo‘l qo‘yganlik uchun fuqarolarga 2,4 mln. so‘mdan – 3,7 mln. so‘mgacha, mansabdor shaxslarga esa 4,9 mln. so‘mdan – 7,3 mln. so‘mgacha jarima yoki 15 sutkagacha ma'muriy qamoqqa olinishi, 99-moddasida esa o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarda qurilishni amalga oshirganlik uchun fuqarolarga 17,1 mln. so‘mdan – 24,5 mln. so‘mgacha, mansabdor shaxslarga esa 24,5 mln. so‘mdan – 36,7 mln. so‘mgacha jarima yoki 15 sutkagacha ma'muriy qamoq qo‘llanilishi belgilangan.
Xuddi shunday, Kodeksning 65, 68,681,69 va 160-moddalarida ham yerdan foydalanish va huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq munosabatlarda yo‘l qo‘yilgan huquqbuzarliklar uchun fuqarolarga 245 ming so‘mdan – 735 ming so‘mgacha, mansabdor shaxslarga 735 ming so‘mdan – 1,2 mln. so‘mgacha jarima belgilangan.
Shuningdek, ma'muriy jazo qo‘llanilganidan so‘ng takroran sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rmaganlik uchun Jinoyat kodeksida 24,5 mln. so‘mdan – 36,7 mln.














