Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronald Reyganning sobiq maslahatchisi Rossiya fuqaroligini so‘radi
AQSh davlat departamentining sobiq xodimasi, o‘z vaqtida AQSh prezidenti Ronald Reyganning maslahatchisi bo‘lgan Syuzanna Massi Rossiya prezidenti Vladimir Putinga murojaat qilib, undan Rossiya fuqaroligi berishini so‘radi. 90 yoshli ayol Rossiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanishi va sovuq urush tugashida muhim rol o‘ynagan.
«Men hayotimning ko‘p yillarini AQSh va Rossiya xalqlarini yaqinlashtirishga bag‘ishlaganman. Bugun o‘z ishimni davom ettirish uchun Rossiyada qolishim juda muhimdir. Agar prezident Vladimir Vladimirovich menga Rossiya fuqaroligini berish uchun imkoniyat topsa, uni qabul qilish men uchun sharaf bo‘lardi», deb aytgan Massi NTV telekanaliga bergan intervyusida.
«Ular men haqimda nima deyishlarini, meni sotqin deb atashlarini bilaman. Men Amerikaga qarshi bo‘lgan insonman», deb tan olgan Massi.
Uning murojaatiga Kremlda izoh berilgan. «Fuqarolik berish borasida muayyan tartibot bor», deb aytgan Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Syuzanna Massi 1984—1988 yillar davomida Reyganning cobiq ittifoq bo‘yicha maslahatchisi bo‘lgan. Uni «sovuq urushni to‘xtatgan ayol» deb ham atashgan. 1985 yildan 1997 yilgacha rus tadqiqotlari Harvard markazida ilmiy xodim bo‘lib ishlagan va Inson huquqlari xalqaro ligasi rahbariyatiga kirgan.
Shuningdek, Massi Reyganning sobiq ittifoq prezidenti Mixail Gorbachyov bilan 1985-1986 yillardagi uchrashuvlarini tashkillashtirishda ishtirok etgan.
Mavzuga oid
09:00
Rossiyaning ommaviy hujumi: Kiyevda 4, Xarkivda 5 kishi halok bo‘ldi
08:59
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026